Amazon Londonning mashhur klubi haqida serial suratga oladi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2021
Serial nomi "Hamma narsa yoki hech narsa" deb nomlanadi.

Amazon va "Arsenal" London jamoasi haqida serial yaratishga kelishib oldi.



"Hamma narsa yoki hech narsa" turkumidagi hujjatli kartina "Arsenal" klubi haqida hikoya qiladi. Suratga olish guruhi kiyinish xonasi va jamoa uchrashuvlariga kirish huquqiga ega bo'ladi.

Serial, shuningdek, futbolchilar duch keladigan muammolarni ko'rsatish uchun jamoaning maydon tashqarisidagi hayotiga alohida e'tibor qaratadi. Uning premerasi 2022 yilga rejalashtirilgan.

Amazon bundan avval "Manchester Siti" va "Tottenxem", "Lids", "Kristal Pelas" va "Borussiya" haqida hujjatli filmlar ishlab chiqargan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fc-arsenal.com