Alvaro Morataning yangi klubi ma'lum

Alisher
14 iyul 2024, 00:35
Madridning "Atletiko" klubi va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata "Milan"ga o'tadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, italyan klubi Evro-2024dan so'ng o'yinchi uchun 12 million evro to'laydi. Morata bilan o'tish bo'yicha kelishuvga erishilgan. O'yinchi "Milan" bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolashi va uning yiliga 5 million evro maosh olishi kutilmoqda.

Morata o'tgan mavsum "Atletiko" safida 48ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira