Alvaro Morata: Evro-2016da hujumchilar gol urishmayapti deyishgandi...

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2016, 10:40
Ispaniya hujumchisi Alvaro Morata Evro-2016 doirasidagi Turkiyaga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Barchasi shunday sodir bo'lganidan xursandman. Gollarimdan mamnunman va bu yerda ekanimdan shodman. Oldin terma jamoa o'yinlarini televizor orqali tomosha qilardim, hozir esa uning tarkibida o'ynayapman. Orzum amalga oshdi.

Musobaqada hujumchilar gol urishmayapti deyishgandi, ammo mehnat evaziga bunga erishdik. Raqib kuchli edi. Terma jamoada ajoyib muhit hukmronlik qilmoqda, – deydi Morata.


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com