Alli transferlar oynasi yakuniga qadar PSJga o'tishni xohlamoqda

Alisher
19 yanv 2021, 11:30
"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli tez orada PSJga o'tishiga ishonmoqda.

Yarim himoyachi qishki transferlar oynasi so'nggiga qadar Parij grandiga o'tmoqchi. Gap ijara shartnomasi haqida ketmoqda.

Alli PSJga o'tishga intilmoqda, u "Tottenxem" tarkibida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

Futbolchi joriy mavsum "shporlar" safida 12ta o'yinda maydonga tushdi. O'yinchining London klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun