Allegriga ishonch pasayib ketgan

Mirjalol Normatov
19 fev 2023, 13:13
"Yuventus"dagilar jamoaga "yangi qon" olib kirish niyatida.

"Football Italia" xabariga ko'ra, "Yuventus" rahbarlarining katta qismi jamoa Massimiliano Allegri qo'l ostida rivoj topishiga ishonmayapti. Ularning fikriga ko'ra, mutaxassis hali ham "eski maktab" bilan ishlaydi. O'z navbatida klub ham o'z maktabiga e'tibor berishni, jamoani yoshartirish ishlarini boshlashni istamoqda.

Allegrini faqatgina Jon Elkan qo'llab-quvvatlamoqda. U "Yuventus"ga egalik qiladigan "Exor" kompaniyasi bosh direktori hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, 15 ochko olib tashlangan "Yuventus" ayni damda 29 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia