Allegri: "Yuventus"ning asosiy maqsadi - Chempionlar ligasida guruhdan chiqish"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2015, 18:45
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaning bu mavsumdagi maqsadi haqida so'zlab berdi.

"Bu mavsumdagi asosiy maqsadimiz - Chempionlar ligasining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlash. Bu yo'lda ilk qadamni tashladik.

Ammo Italiya chempionatining har bir o'yinida g'alaba qozonishni istaymiz. "Jenoa" bilan bahsda (2:0) biz raqibga rejamizni buzishga imkon bermadik. Turnir jadvalida iloji boricha yuqori o'ringa chiqib olishni rejalashtiryapmiz.

"Inter"ning starti? Hayron bo'lganim yo'q. Ularda ajoyib tarkib bor" - deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com