Allegri "Yuventus"ni tark etsa, Montella uning o'rnini egallashi mumkin

Aslanov Jasurbek
2 apr 2017, 18:14
Agar "Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri jamoani tark etsa "Milan" bosh murabbiyi Vinchenco Montella uning o'rnini egallashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Montella Aleggri o'rinbosarlari short-listidan joy olgan. Mutaxassis yozda rossonerlar bosh murabbiyiga aylandi va bir necha kun oldin "Milan"da ishlashda davom etishi haqida aniq bir narsa deya olmasligini aytgan edi.

Allegri mavsum oxirigacha kelajagi borasidagi barcha savollarni chetga surdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere della Sera