Allegri: "Milan" bilan bahs muhim, ammo "Yuve"ni Lissabonda muhimroq o'yin kutib turibdi"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2017, 18:46
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Milan"ga qarshi bo'lib o'tadigan A Seriyaning 11-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Ertaga bizni yaxshi imtihon kutib turibdi, ammo bu bosqichda muhimroq o'yinlar bor, ularning biri - Lissabonda o'tadi. Chempionatda uchta jamoa bizdan tepada, ammo chempion so'nggi turda aniqlanadi. Ishlashda davom etish lozim. Ertaga Bonuchchi o'ynamasligi yomon, uni shunday bahsda ko'rishdan xursand bo'lardim. O'tgan yili "San-Siro"da mag'lub bo'ldik, shu sababli bu yil ochko olmoqchimiz. Futbolchilarim o'z xatolarini tushunishdi va ertaga kamroq texnik kamchilikni ko'ramiz degan umiddaman" - deydi Allegri.

"Milan" - "Yuventus" uchrashuvi 28 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com