Allegri: "Gazetalarda 11 nafar jarohatlangan futbolchilarim borligini o'qidim"

Mirjalol Normatov
7 noya 2018, 23:40
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri matbuotning tarqatgan yolg'on ma'lumotlarini aytdi.

"Gazetalarda 11 nafar jarohatlangan futbolchilarim borligini o'qib qoldim. Ularning ko'pchiligi o'yinga tusha olmas ekan. Bu yolg'on ma'lumot.

Menda faqatgina ikki nafar futbolchi shunday holatda. Bernardeski "Milan"ga qarshi o'yingacha safga qaytishiga umid qilaman. Manjukich va Pyanich esa o'ynashga tayyor.

Ronaldu ham o'ynaydi. U bugun gol urishiga ishonaman", - dedi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports