
Biz ketma-ket ikki o'yindan buyon g'alaba qozonayotgan va "Yuventus"ning azaliy raqiblaridan biri sanalmish "Fiorentina" bilan to'qnash kelamiz. Bu uchrashuvga katta tayyorgarlik ko'rdik va futbolchilarim ushbu bahsga jiddiy yondoshishmoqda. Florenciyada o'ynash har doim qiyinchilik tug'dirgan. "Fiorentina" ancha kuchli va har qanday raqibga katta bosh og'rig'i bo'la oladigan jamoa. "Atletiko" bilan bo'ladigan bahs haqida o'ylashga vaqt yo'q. Barcha diqqat e'tibor "Fiorentina" qarshi o'yinga qaratilgan.