Alkantara 70 mln evro evaziga Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2018, 07:48
“Manchester Yunayted” klubi “Bavariya” futbolchisi Tiago Alkantara uchun kurashga qo'shilmoqchi, deb xabar bermoqda donbalon.com.

Ayni paytda bu futbolchiga “Barselona” jamoasi ham qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar 27 yoshli Alkantara uchun 70 million evro berishga tayyorlar. Kataloniya jamoasi esa bu transferga ko'pi bilan 60 million sarflamoqchi.

Ma'lumotda aytilishicha, Tiagoni “Manchester Yunayted”da ko'rish istagini shaxsan bosh murabbiy Joze Mourinyoning o'zi istamoqda. Portugaliyalik mutaxassis Ispaniya terma jamoasi a'zosining muxlisi hisoblanadi. “Bavariya” ham 2013 yildan beri Bundesligada o'ynab kelayotgan futbolchisini 70 million evroga sotishga tayyor. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif