Alisson va Jota "Siti"ga qarshi kechadigan Angliya Superkubogi bahsida qatnashmaydi

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2022, 19:29
Darvozabon Alisson va hujumchi Diogu Jota "Manchester Siti"ga qarshi bahsda "Liverpul"ga yordam bera olmaydi.

Shanba kuni "Liverpul" "King Pauer"da "Siti"ga qarshi o'yin bilan yangi mavsumni boshlaydi. Ushbu o'yinda "qizillar" darvozasini Adrian qo'riqlaydi, chunki  Kuivin Kellexer ham safda emas.

"Alisson va Diogu o'yinda ishtirok etolmaydi. Ali bugun kechagidan ko'ra bir oz ko'proq mashg'ulot o'tkazdi, shuning uchun u Premer-liga 1-turi doirasidagi "Fulxem" bilan uchrashuvga albatta tayyor bo'ladi, ammo bu uikendda emas.

Diogu bilan ham shunday holat kuzatilmoqda. U safda emas. Unga hali vaqt kerak", – dedi "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp.

Qolaversa, qorin bo'shlig'idagi muammolar tufayli Alisson butun mavsum oldidan bor-yo'g'i 45 daqiqa o'ynadi. Jota esa iyun oyida Portugaliya ixtiyoridan jarohat bilan qaytdi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" – "Manchester Siti" o'yini 30 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com