

- Bugungi o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Chunki orqaga yo'l yo'q. O'tgan turlarda jamoamiz o'zidan yomon taassurot qoldirmagan bo'lsa-da, natijalar biz o'ylagandek bo'lmadi. Futbolda esa natija birlamchi sanaladi. Shuning uchun bugungi o'yinda qanday qilib bo'lmasin "Qizilqum"ni mag'lub etishimiz kerak, - deydi hujumchi.
- Jamoa mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvlarida ancha sermahsul o'yin ko'rsatgan edi. Ammo milliy chempionatda hozircha raqiblar darvozasiga yo'l topa olgani yo'q. Buni qanday izohlaysiz?
- Avvalgi o'yinlarda jamoa himoyaga jiddiy e'tibor qaratgan holda natija uchun to'p tepdi. "Qizilqum"ga qarshi o'yinda yangicha taktikada harakat qilamiz va o'ylaymanki bugun jamoa o'zining noxush ananasiga barham beradi.
- "Obod" o'tgan yili kubok bahslarida navoiyliklardan ustun kelgandi...
- Bu safar ham raqibimizni engishga harakat qilamiz. Jamoamizda kayfiyat a'lo va shu ruhiyatni o'yindan keyin ham saqlab qolishga intilamiz.
- Jarohatingizdan forig' bo'lib ulgurdingizmi? Bugun asosiy tarkibda maydonga tushishingiz mumkinmi?
- Ha, jarohatdan qutildim. Maydonga tushish-tushmasligimni esa murabbiylar hal qilishadi.
"Obod" matbuot xizmati



