Alirizo Beyranvand jahon chempionatida kiygan futbolkasini sotuvga qo'ydi

Xayrulla Xoliqov
14 dek 2019, 17:33
Eron terma jamoasi hamda "Persepolis" klubi darvozaboni Alirizo Beyranvand savob ishga qo'l urdi.

U o'tgan yilgi jahon chempionatida Portugaliya bilan kechgan bahsda kiygan futbolkasini kim oshdi savdosi orqali sotishga qaror qildi. Futbolka sotuvidan tushgan pul yana homiylik mablag'lari orqali Lorestan viloyatida yuz bergan zilzila tufayli jabr ko'rgan oilalarga sarflanadi. 

Ma'lumki, shu yilning mart oyida yuz bergan zilzila sabab viloyatdagi 200ga yaqin ko'prik va bir nechta uylar qulab tushgan, shuningdek 400 km. masofaga cho'zilgan yo'l umuman yurib bo'lmaydigan holatga kelib qolgandi. Zilziladan bir nechta qishloqlar og'ir jabr ko'rgan. 

Shu sababdan Eron terma jamoasi darvozaboni o'z formasini sotib jabrdiylardaga yordam berishga qaror qildi. Esingizda bo'lsa, Portugaliya - Eron bahsida 1:1 hisobi qayd etilgan hamda Beyranvand Krishtianu Ronaldu tomonidan amalga oshirilgan penaltini mohirlik bilan bartaraf etgandi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com