Aliqulovning “Mashal”dagi taqdiri so'roq ostida

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2020, 11:00
Xabaringiz bor, Muborakning “Mashal” jamoasi o'tgan yili Asror Aliqulov boshchiligida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.

Ammo “gazchilar” rahbariyati joriy mavsum Asror Chorievichning xizmatidan foydalanmoqchi emasdek. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Aliqulov hozirda “Mashal” bilan birga emas. Shuning uchun mashg'ulotlarni  Dilyaver Vaniev bilan Botir Qoraev o'tkazib kelmoqda. Ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Aliqulovning o'zi bilan bog'langanimizda, “Mashal”dagi kelajagi yaqin 2-3 kunlarda aniq bo'lishini ta'kidlab, batafsil javob berishni istamadi. 42 yoshli mutaxassisning gapidan shuni bilish mumkinki, unga boshqa klublardan ham chaqiruv bo'lgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia