Alijonovning ahvoli bo'yicha O'FA media departamenti rahbari javob berdi

Khoja
10 yanv 2024, 15:28
O'FA media departamenti rahbari Davron Fayziev terma jamoamiz himoyachisi Hojiakbar Alijonovning ahvoli haqida ma'lumot berdi.

"Milliy terma jamoamiz a'zosi Hojiakbar Alijonov jarohat olgani haqida ma'lumot chiqdi. Tibbiy shtabimiz bu ma'lumotni rad etdi. Alijonov jamoa bilan birga rejadagidek turnirga tayyorgarlik ko'rishda davom etmoqda. Mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etyapti",-deyilgan xabarda.

Bugun Championat.asia ijodkorlari Dohada terma jamoamizning masul hodimlaridan ushbu masala bo'yicha ma'lumot olishadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: t.me/Davron_Fayziev