
Unga "Granada" klubi qiziqish bildirmoqda. Adnan o'tgan yili Turkiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida bir qator jamoalarning e'tiborini tortgandi. O'shanda u kuchliroq chempionatga ega bo'lgan Turkiyaga ko'chib o'tish orqali saviyasini yanada o'stirishni istagandi. Endi unda kuchli beshlik chempionatlarida o'ynash imkoniyati yuzaga kelishi mumkin.