Alfi Devayn – "Tottenxem" safida gol urgan eng yosh futbolchi

11 yanv 2021, 00:47
"Tottenxem" yarim himoyachisi Alfi Devayn Angliya kubogi doirasidagi "Marin" klubiga qarshi o'yinda gol urdi (5:0).

Shu tariqa angliyalik futbolchi "shporlar" tarkibida rasmiy o'yinlarda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi (16 yosh-u 163 kun).

Devayn 46-daqiqada maydonga tushib, 14 daqiqadan keyin raqib darvozasiga yo'l topdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka