Alemani: "Biz de Yongga ishonch bildiramiz, ammo La Liga bizdan kimnidir sotishimizni talab qilmoqda"

Alisher
16 iyul 2022, 15:57
"Barselona" sport direktori Mateu Alemani klub Erik ten Xag boshchiligidagi "Manchester Yunayted" juda ham shartnoma imzolashni xohlayotgan yarim himoyachi Frenki de Yongni sotishga majbur bo'layotganini tan oldi.

"Frenki – juda muhim o'yinchi, biz unga ishonch bildiramiz. Ammo, moliyaviy feyr-pley va La Liga bizni kimnidir sotishga majbur qilayotganini bilamiz. Ortiq hech narsa deya olmayman", – Alemani.

Eslatib o'tamiz, Frenki de Yong "Manchester Yunayted" uning transferi borasida 80 mln evrolik kelishuvga erishganiga qaramay, "Barselona"dan ketishni xohlamayapti.

Mish-mishlarga ko'ra, o'yinchiga Kataloniyadagi hayot yoqadi va u faoliyatini "ko'k-anorranglilar" tarkibida davom ettirishni xohlaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano