

“Yaxshi savol. Hozir bor e'tiborimni Konfederatsiyalar kubogiga qaratganman. Turnir yakunlansinchi, keyin ko'ramiz. “Arsenal”da qolamanmi yoki yo'q hali ma'lum emas”, deydi futbolchi.
So'ngra Sanchesdan keyingi mavsumda aynan qaysi jamoada to'p tepishi haqida aniq ma'lumotga ega ekanligi haqida savol berildi.
“Ha, bu aniq, lekin bu qaysi jamoa ekanligini hozir aytolmayman”, dedi Sanches.
Chililik futbolchiga “Manchester Siti”dan tashqari “Bavariya” ham qiziqish bildirmoqda.



