Aleksis Sanches muxlislar talqini bo'yicha APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi!

Aziz Tukhtamuradov
27 may 2015, 22:27
"Arsenal" futbolchisi Aleksis Sanches muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Chililik futbolchi ushbu mavsumda 16 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, Professional futbolchilar assotsiatsiyasi talqiniga ko'ra esa Eden Azar mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru