Aleksis: "Oleda ham Jozening qo'l ostida o'ynagan futbolchilar bor"

Mirjalol Normatov
20 yanv 2019, 12:44
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Aleksis Sanches APL doirasida "Brayton" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Sulsherning sharofati bilan "Yunayted" gullamoqda. Oleda ham Jozening qo'l ostidagi futbolchilar bor. Biroq biz endi hujumda ham himoyada ham yaxshiroq o'yin ko'rsatyapmiz. Bu to'p bilan ko'proq bo'lib, o'yinni nazorat qilish orqali hujumga o'tish falsafasi. U hujumchi bo'lgan va shu boisdan biz raqib jarima maydonchasi ichida yaxshi o'yin ko'rsatishimizni istamoqda.

Shu orqali natijalarga erishiladi. Uning bizga eng ko'p aytadigan so'zi - holatni o'zimiz yaxshilaymiz. Barchasi o'z qo'limizda. Natijalar yaxshilangani sayin biz ham xursand bo'lyapmiz. Faqatgina maydonda emas, tribunalarda, "Old Trafford"da ham. Muxlislar bizga oldingidan ham ko'proq ishonib, yuqori kayfiyat taqdim qilmoqda. Bu bizga yordam beradi", - dedi Sanches.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports