Aleksis: "Anri "Arsenal"dan ketishni maslahat bermagan"

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2018, 21:10
"Arsenal" sobiq hujumchisi Aleksis Sanches "Tvitter"dagi sahifasida Terri Anriga bog'liq ma'lumotni rad etib, xabar qoldirdi.

Chililik "Manchester Yunayted"ga o'tganidan so'ng, Anri unga "to'pchilar" safini tark etish haqida maslahat bergani turli xil OAVda e'lon qilindi.

"Anri menga "Arsenal"dan ketish haqida maslahat bermagan. Bu mening qarorim edi. Anri "Arsenal"ni yaxshi ko'radi. Bir kun kelib uni "Arsenal" murabbiyi sifatida ko'rish juda yoqimli bo'lardi" - deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com