Aleksandr Xomyakov qur'a haqida: "Menga kim bilan o'ynashimizni farqi yo'q"

Mirjalol Normatov
8 mar 2023, 01:18
Xabaringiz bor, O'zbekiston Kubogi guruh bahslariga qur'a tashlandi.

Unga ko'ra, “Andijon” “F” guruhida “Olimpik” va “Navbahor” bilan kuch sinashadi. Yana bir jamoa nomi saralash uchrashuvidan keyin ma'lum bo'ladi. 

"Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qur'a haqida shunday dedi:

“Men qur'adan hech nimani kutmadim. Bizga kim bilan o'ynashning farqi yo'q. Ha, yaxshi jamoalarga tushdik. Shunga yarasha ajoyib guruh hosil qildik. Muxlislar uchun qiziqarli uchrashuvlar bo'ladi. 

“Navbahor”ga qarshi vodiy derbisiga guvoh bo'ladilar. Yana qaytaraman: kim bilan o'ynashimizni menga farqi yo'q. Biz doimgidek maksimal darajada harakat qilamiz”, - deydi Aleksandr Andreevich.  

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати