Aleksandr Xomyakov: "Loko"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng yigitlar tez o'zlariga kelishdi"

Narzulla Saydullayev
24 okt 2016, 18:44
"Obod" - "Mashal" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun asabiy o'yin bo'ldi. Biz g'alaba qozonishimiz shart edi. "Lokomotiv"dan uyimizda qabul qilib olgan yirik 0:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng yigitlarning kayfiyatlari qanday ekanligidan xavotirda edim. Shogirdlarimga rahmat aytaman. Ular o'zlarini qo'lga olishdi va g'alabaga erishdik. To'g'ri ikkinchi bo'limda bizga sovuqqonlik yetishmadi.

Bugun natijadan qoniqdim. O'yin borasida, murabbiy hech qachon o'yindan to'liq qoniqmasa kerak", - deydi Xomyakov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia