Aleksandr Xomyakov: “Yigitlar qo'llaridan kelgan ishni qilishdi"

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2015, 20:49
"Mashal" - "Lokomotiv" (1:3) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.
"Afsuski bugun muxlislarimizni quvontira olmadik. Bunday tarzda mag'lubiyatga uchrash juda alamli. Yigitlar harakat qilishdi, ular qo'llaridan kelganicha o'ynashdi. Bir qator vaziyatlar yaratdik. Yana bir bor penaltidan gol ura olmadik. Raqibning klassi bizdan yuqori edi. Bizga omad yetishmayapti.

Penaltini tepadigan futbolchilar bor Hasanov, To'raev va Shaymanov. Shular 11 metrli jarima to'pini tepishadi.

Komilov va Hamroev jarohatlari tufayli maydonga tusha olishmadi. Bu mavsumda juda ko'plab futbolchilarimiz jarohatga yo'liqishdi. Himoyachilar yetishmovchiligi juda ham bilindi", - deydi Xomyakov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia