Aleksandr Lobanov: “Nasib qilsa, biz Rossiyada bo'lib o'tadigan mundial yo'llanmasini qo'lga kiritamiz”

Aslanov Jasurbek
2 sen 2016, 12:02
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH 3-saralash guruh bosqichi doirasida Suriya termasi bilan to'qnash keldi.

Uchrashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Aleksandr Lobanov o'z fikrlarini bildirdi.

“Avvalam bor barcha yurtdoshlarimizni mustaqilligimizning 25 yilligi bayrami bilan tabriklayman. Suriya terma jamoasiga qarshi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, har doim guruhdagi birinchi o'yin qiyin bo'ladi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Bizni qo'llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Nasib qilsa biz Rossiyada bo'lib o'tadigan mundial yo'llanmasini qo'lga kiritamiz. Suriya termasi yaxshi jamoa, ammo hozir hamma futbol o'ynashni emas, himoyalanishni o'rganib olgan”, - deydi O'zbekiston terma jamoasi posboni Aleksandr Lobanov

Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia