Aleksandr Kolarov faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022
Serbiya termasi sobiq futbolchisi, sardori Aleksandr Kolarov faoliyatini yakunlayotganini ma'lum qildi.

"Ertami kechmi bu onlar kelishini bilgandim. Ha, hayotimning bu sahifasini yopish juda qiyin. Biroq tan olishim kerak, o'ylagan barcha orzularimga erishdim.

Yaqin vaqtlar ichida Italiya futbol federatsiyasida sport direktori hamda skaut bo'lib ishga joylashaman", - dedi Kolarov.

Aleksandr Kolarov futbolchilik faoliyati davomida "Chukarichki" (2004-2006), OFK (2006-2007), "Lacio" (2007-2010), "Manchester Siti" (2010-2017), "Roma" (2017-2020) va "Inter" (2020-2022) kabi jamoalar tarkibida o'ynab, 11 sovringa ega chiqdi. Shuningdek, Serbiya termasi tarkibida 94 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal