Aleksandr Geynrix "Lokomotiv" safida mashg'ulotlarni boshladi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2014, 15:00
O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrixning "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik.
Sasha jamoaning mashg'ulotlarida ishtirok etishni boshladi. Futbolchi faqat ikkinchi davradan boshlab "temiryo'lchilar" safida rasmiy o'yinlarda maydonga tusha oladi.

"Aktobe"ning sobiq hujumchisi kecha O'zbekiston Kubogi yarim finali doirasidagi "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatdi.

Bundan tashqari, "Lokomotiv" yarim himoyachisi Marat Bikmaev ham operaciyadan so'ng tiklanish mashqlarini boshladi. Futbolchi kuni kecha engil yugurishni boshlab yubordi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia