Aleksandr Ejov: “Mag'lubiyatda barcha aybni o'z bo'ynimga olaman“

Narzulla Saydullayev
23 noya 2020
Pro liga 18-turidan o'rin olgan “Xorazm” – “Oq-tepa” (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.

“O'yin haqida nima deyishim mumkin? Mag'lub bo'ldik. “Oq-tepa”ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular g'alabani bizdan ko'proq istashdi. Futbolda shunday gap bor sen urmasang senga urishadi. Biz bir qancha vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Raqib esa o'zi yaratgan vaziyatdan foydalandi. Umuman olganda qiziqarli bahs guvohi bo'ldik. Munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qildik. Mag'lubiyatni o'z bo'ynimga olaman. Qolgan ikki bellashuvda bu holatdan chiqib kyetishga urinib ko'ramiz.

G'alaba qozonsangiz har doim gapirish oson. Mag'lub bo'lsangiz albatta sabab topiladi. Jamoaning ko'p futbolchilarida jarohat bor. Saidjamol Davlatjonov uchun mavsum yakunlandi. U har qanday holatda ham tiklanishga ulgurmaydi. Oxirigacha kurashamiz”,- deydi Ejov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia