
Hamma ko'rdi, Madridda Joze Mourinyo qanday uslubdan foydalanganini. Shuning uchun ham u javob bahsi oldidan bir necha yetakchi futbolchilarini yo'qotib qo'ydi. Men oldin ham aytganman, "Chelsi" ustozining o'yin uslubi menga yoqmaydi. Jozening bu uslubi himoyaviy o'yin ko'rsatadigan italiyaliklarga ham yoqmagan. To'g'ri, uning bu uslubi hozircha unga natija olib kelmoqda. Shuning uchun bu "minus"lari ko'rinmay ketmoqda. Boshqacharoq o'yin bilan ham durang natijasini qo'lga kiritish mumkin. Bu o'yinning kelajagi yo'q.
Muxlislar bunday futbolni kutishmaydi hech qachon. Joze Mourinyo muxlislarga tupurib qo'ygan. "Atletiko"ni "Chelsi" tarkib va ijrochilar borasida ham ortda qoldiradi. Lekin "Chelsi" qo'rqoq o'yin namoyish etdi. Mourinyo uchun asosiysi natija va qolgani bilan ishi yo'q. Ammo shunisi aniqki, 0:0 hisobi "Atletiko" uchun ham yaxshi natija hisoblanadi.
Men xohlardimki, Londondagi o'yinda birinchi bo'lib "Atletiko" gol ursin va o'shanda ko'ramiz Joze Mourinyo nima karomat ko'rsatarkin. Chiroyli futbolga qarshi harakatlanayotgan jamoa bu vaziyatdan qanday chiqib ketishi juda qiziq bo'lardi.