Aleksandar Alempievich: “Durang o'yinga mos bo'ldi”

Narzulla Saydullayev
30 sen 2016
“Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyin “qaldirg'ochlar” vakili Aleksandar Alempievichning fikrlari bilan qiziqdik.

- O'ylashimcha, durang natija o'yinga mos bo'ldi. Ikkala jamoada ham g'alaba qozonish imkoniyatlar bor edi. Biroq gol urish hech kimga nasib etmadi. “Buxoro” jamoasi tajribali futbolchilardan tashkil topgan. Odatda bu kabi jamoalarga qarshi, ayniqsa mehmonda to'p tepish oson bo'lmaydi. Fikrimcha, navbatdagi uchrashuvlar bundan-da qiziqarli va keskin o'tadi. Chunki chempionlik uchun kurash keskinlashdi, - deydi Alempievich.

"Bunyodkor" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com