Aleks Oksleyd-Chemberlen Uilshirning safga qaytganidan xursand

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2013, 13:02
Angliya premer-ligasining yangi mavsumi boshlanishidan oldin Jek Uilshirni safga qaytganligi to'g'risida Aleks Oksleyd-Chemberlen o'z fikrlarini aytib o'tdi.
Uilshir o'tgan mavsumda jarohatlardan ko'p aziyat chekdi, lekin payshanbada u ham barcha qatori jamoa bilan mavsum oldi tayyorgarligi uchun Osiyo turnesiga jo'nab ketishi aniq bo'ldi. Bunga esa Oksleyd-Chemberlen 21 yoshli Jekni kelayotgan mavsumda jamosi uchun muhim rol o'ynashini bildirib o'tdi.

“Jek mashg'ulotlarga qaytdi va uning ko'rinishi yaxshi. U biz bilan birgalikda Osiyo turnesiga boradi. O'sha yerda u oldingi formasini tiklab olishi mumkin. Bu esa “Arsenal” uchun ham Angliya terma jamoasi uchun ham yaxshi”, - deydi Aleks Oksleyd-Chemberlen.

“Umid qilib qolamizki, u o'zining formasini saqlab qola oladi, sababi Jek bizning jamoamizga ko'p narsa bera oladigan darajada ajoyib o'yinchi. U jamoaga kuchli ta’sir qila olishini ko'rish mumkin. Har gal u jarohat olib safdan chiqsa, biz xar xil muammolarga uchraymiz. Agar u jarohatlanmasa unda u bizga sovrinli o'rinlarga raqobatlasha olishimizga ko'proq imkoniyat beradi”.

“Hozir unga maydondan tashqarida ham xuddi maydondagidek kuchli xarakter kerak. Bunday ko'p vaqt o'ynamay yurish haqiqatdan ruhan og'ir, lekin u bunday muammolarni yaxshi uddalamoqda. U rostdan ham mashg'ulotlarda kuchaymoqda, sababi mashg'ulotlarga birinchi keladi va oxirgi bo'lib ketadi. O'tgan mavsumda u ketma-ket yaxshi seriyali o'yinlarda qatnashgandi va mana endi yana biz bilan birga”.

fc-arsenal.ru saytidan Javlonbek Yusupov tarjimasi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia