Aleks Fergyuson: "Ronaldu JCH-2026da o'ynashini tasavvur qila olmayman"

Omonjon To`xtamirzayev
4 iyul 2024
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning kelajagi haqida gapirib o'tdi.

"Shahsan men, Ronaldu 2026 yildagi jahon chempionatida o'ynashini tasavvur qila olmayman.

Yaqin yillarda futbol yanada tezlashadi va jismoniy talablar oshadi, hujumchilar uchun bo'sh zonalar esa kamayadi. Himoyachilardan farqli o'laroq, hujumchilar yoshi o'tgani sari top darajada harakat qilishi qiyinlashib boradi.

Yana bitta yoki ikkita sovrin Ronaldu uchun katta ahamiyatga ega bo'lmaydi, deb hisoblayman. Krishtianu shundoq ham noyob faoliyat sohibi hisoblanadi", - dedi ser Aleks "Bild"ga bergan intervyusida.

Avvalroq, 39 yoshli Ronaldu hozir o'tayotgan "Evro" o'zi uchun oxirgisi ekanligini ma'lum qilib, JCH-2026dan umid uzmaganiga shama qilgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Bild