
“Bir kun menga klubning ijroiya direktori Devid Gill qo'ng'iroq qildi va uchrashishni iltimos qildi. So'ngra biz mening uyimda ko'rishdik va u menga mavsum tugashi bilan klubni tark etishini aytdi.
Men sezkanib: “Voy Xudo men ham bahorda klubni tark etmoqchiman” dedim. O'shanda juda og'ir vaziyatda qolgandim va klubni yomon ahvolda qoldirib ketmayapmanmi deb o'yladim.
So'ngra fevral oyining oxirida biz Joel Gleyzer bilan uchrashdik va men unga nega klubni tark etishim haqida aytib o'tdim.
Juda qiyin bo'ldi, chunki bu qarorim haqida hattoki oila a'zolarim ham bilmas edi”, - deydi Fergyuson.