Alderveyrld JCH-2018dagi eng yaxshi posbonni aytdi, u Kurtua emas

Mirjalol Normatov
15 iyul 2018, 15:04
Belgiya termasi himoyachisi Tobi Alderveyrld JCH-2018ning eng yaxshi posboni sifatida Ugo Lorisni etirof etdi.

"Fransiya juda kuchli, ularning himoyasini sindirish juda qiyin. Bu termaga qarshi bahsda to'p bilan ko'proq bo'lsak ham, tashabbusga erisha olmadik. Qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik. Fransiya himoyasidan o'tsak, Ugo bizni kutib oldi. Bir necha bora chiroyli seyvlar qildi. Men gol deb o'ylagan vaziyatda Fransiyani bundan saqlab qoldi. U mundialning eng yaxshi darvozaboni", - dedi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror