Alderveyreld va Tripper “Inter”ga qarshi o'ynay olmaydi

18 sen 2018, 08:40
“Shporlar”ning ikki asosiy himoyachisi YCHLning 1-turida maydonga tushmaydi.

“Tottenxem” Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turida safarda “Inter”ga qarshi maydonga tushadi. Bahsni “shporlar”ning ikki asosiy himoyachisi-Tobi Alderveyreld va Kiran Tripper o'tkazib yuboradi. Boisi, ikkala futbolchi ham jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino qarori bilan Italiyaga olib ketilmagan. Shuningdek, mazkur o'yinda jamoa darvozaboni Ugo Loris ham maydonga tushmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail