Alberto Moreno: "Serxio Ramos menga akadek munosabatda bo'lmoqda"

Omonjon To`xtamirzayev
11 okt 2013, 13:19
"Sevilya" himoyachisi Alberto Morenoning kayfiyati juda yaxshi, deb xabar bermoqda ispan nashrlari.

Yosh futbolchi Ispaniya milliy terma jamoasidan chaqiruv oldi va sheriklari bilan birga Belorussiya hamda Gruziyaga qarshi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rmoqda.


"Men jamoada faqat Xesus Navas va Alvaro Negredo bilan tanish edim. Ramosning menga bo'lgan munosabatidan hayratdaman. U menga akadek munosabatda bo'lmoqda. Serxio menga o'z o'yinimni o'ynashimni aytdi", - deydi Moreno.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: сhampionat.com