"Alaves" Mendilibarni 12 o'yindan so'ng iste'foga chiqardi. Klub La Ligada 20-o'rinda bormoqda

Alisher
5 apr 2022, 11:07
Xose Luis Mendilibar "Alaves" bosh murabbiyligidagi ishini to'xtatdi.

Klub jamoani dekabr so'nggida qabul qilib olgan mutaxassisning iste'fosini e'lon qildi.

"Alaves" ispan murabbiyi qo'l ostida 12 o'yinda bitta g'alabaga erishdi va jamoa 22 ochko bilan La Ligada 20-o'rinda bormoqda.

Jamoa so'nggi o'yinda "Atletiko"dan yirik hisobda mag'lub bo'ldi - 1:4.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: deportivoalaves.com