

"Rasvo qaror. sizga "Manchester Yunayted" yoqadimi, yoqmaydimi farqi yo'q, bu judayam rasvo qaror. Nega VAR hakami bo'lgan Maykl Oliver bu vaziyatga aralashganiga tushunmadim", - dedi Alan Shirer.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv bosh hakami Devid Kut dastlab penalti belgilamadi, ammo VAR hakami Maykl Oliver De Littning oyog'i raqib futbolchisiga tekkani uchun referini monitor yoniga chaqirdi. Videotakrorlar to'p dastlab hujumchining qo'liga tekkanini ko'rsatdi.




