Alan Brandi: "Argentina terma jamoasi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishni maqsad qilgan"

Абдулвосит Бектемиров
24 sen 2024, 09:50
Argentina futzal terma jamoasi a'zosi Alan Brandi saytimizga kichik intervyu berdi.

"O'z guruhimizda birinchi bo'lish biz uchun muhim ahamiyatga ega edi. Biz Jahon chempionatidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Shuningdek, guruh bosqichida ko'p gol urdik va bizni xursand qildi. Raqiblarimiz ancha jiddiy edi, ammo biz barcha jamoalarni mag'lub eta oldik. Keyingi bosqichda esa, mag'lub bo'lgan jamoalar o'z uylariga jo'nab ketishadi. Har bir kichik xato qimmatga tushishi mumkin. Biz ikki kun davomida dam olib, keyin esa musobaqaning eng qiyin qismiga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz", - dedi Brandi.


Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati 1/8 finali doirasida Argentina terma jamoasi Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi. To'qnashuv 27 sentyabr kuni "Humo" Arenada soat 20:00da start oladi.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia