Alabaga hali ham 4 klub da'vogarlik qilmoqda, "Real" bilan kelishuv hali hujjatlashtirilmagan

Alisher
30 mar 2021, 12:24
Hali ham "Bavariya" himoyachisi David Alaba uchun to'rt klub da'vogarlik qilmoqda.

Futbolchi uchun bosh da'vogar Madridning "Real" klubi bo'lib qolmoqda. Avstriyalik futbolchi "qaymoqranglilar" bilan bo'lajak shartnomaning moliyaviy shartlarini kelishib olgan. Ammo, "blankos" bilan barcha kelishuvlar og'zaki, hali hujjatlashtirilmagan.

Himoyachining agenti Pini Zaxavi nafaqat "Real", balki boshqa klublar bilan ham muzokaralar o'tkazilayotganini aytdi. Futbolchi uchun "Chelsi", PSJ va "Barselona" klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

28 yoshli o'yinchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker