Alaba tibbiy ko'rikdan o'tdi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2018, 16:38
"Bavariya" himoyachisi David Alaba tez orada safga qaytadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Ayntraxt"ga qarshi Germaniya Superkubogi uchun bahsda (5:0) jarohat olgan avstriyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi. Shifokor xulosalariga ko'ra, Alaba jiddiy jarohatdan qutulib qolgan.

Eslatib o'tamiz, Alaba "Ayntraxt"ga qarshi bahsni yakunlay olmadi.

"Bavariya" 15 avgust kuni "Gamburg" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbayern.de