Alaba bugun "Bavariya"dan ketishini e'lon qiladi (Bild)

Alisher
16 fev 2021, 07:55
"Bavariya" himoyachisi David Alaba klubdan ketmoqchi.

Avstriyalik futbolchi seshanba kuni rasman shartnomasi yakuniga etganidan so'ng, aniqrog'i mavsum so'nggida "Bavariya"dan ketishini e'lon qiladi.

Xabarlarga ko'ra, Alaba "Real"ga o'tishga yaqin. Shuningdek unga APLning bir qator klublari qiziqish bildirishmoqda.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild