Alaba "Bavariya"dan 125 million evrolik 5 yillik shartnoma talab qilmoqda

Alisher
10 sen 2020, 15:43
Himoyachi David Alabaning nima sababdan "Bavariya" bilan yangi shartnomani kelisha olmayotgani ma'lum bo'ldi.

28 yoshli avstriyalik va uning agenti Pini Zaxavi Myunxen klubidan bir mavsum uchun 25 million evrolik maosh va 5 yillik shartnoma talab qilmoqda.

Alaba "Bavariya"dan ketgan taqdirda faoliyatini La Ligada davom ettirishni xohlamoqda, ammo ispan top-klub ham bunday bitimga rozi bo'lishlari so'roq ostida.

"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner himoyachi bilan bo'layotgan vaziyatga izoh berdi: "Bizga hech kim murojaat qilmadi. Biz unga adolatli va ayni paytda raqobatbardosh taklif berdik".

Eslatib o'tamiz, avstriyalik futbolchining Myunxen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/iMiaSanMia