"Al Vahda" bosh murabbiyi: "To'rt nafar futbolchimiz birdaniga jarohat oldi"

Narzulla Saydullayev
11 fev 2018, 14:51
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Vahda" uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi va futbolchisi ishtirok etdi.

"Ertaga guruhdagi birinchi o'yin bo'ladi. Shaxsan men qiyin o'yin bo'lishini kutayapman. Ilk o'yin mas'uliyatli bo'ladi. Biz Toshkentga 4 nafar asosiy tarkib futbolchimizni olib kela olmadik. Ushbu yetakchilarsiz o'ynashimiz bizga biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin", - deydi "Al Vahda" bosh murabbiyi Laurenciu Regekampf.

"Men ham murabbiyning fikrlariga qo'shilaman. Bazi futbolchilarning bu erga kela olmaganligi, Toshkentda biroz sovuq ob-havo hukmronlig va maydon biroz kichikroq ekanligi o'yinga ta’sir qilishi mumkin. Ammo bu bahona bo'la olmaydi", - deydi vengriyalik Balaj Djudjak.

- "Lokomotiv" bu yildagi ilk rasmiy bahsni o'tkazishi "Al Vahda"ga foydami?

- Raqib safida tajribali va mahoratli futbolchilar bor. Bundan tashqari "Lokomotiv" o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdi. Shunday ekan ilk o'yin ekanligi u qadar bilinmaydi deb hisoblayman.



- "Al Vahda" safida 7 fevral kuni maydonga tushgan bir yo'la uch nafar legioner Sebastyan Talyabu, Murod Batna va Rim Chang Vuning birdaniga jarohat olgani juda shubhali. Ular aynan qachon va qayerda jarohat olishdi?  

- To'g'ri ular oldingi o'yinda qatnashishgandi. Ular birdaniga jarohat olishdi. Futbolda shunday holatlar ham bo'lib turadi. To'rt futbolchi ham jarohat olishgani uchun Toshkentga kelishmadi. Bu muammo bizni yanada kuchli qiladi. Tarkbimizda qolgan futbolchilar ularning yo'qligini bildirishmaydi deb umid qilaman. Asosiysi "Lokomotiv" bilan bahsda o'z o'yinimizni ko'rsata olsak bas.



- Yevropa klublarida o'ynagan futbolchi sifatida Osiyo chempionlar ligasi haqida qanday fikrdasiz? O'tgan yil "Al Vahda" bilan OCHLda yaxshi natija qayd eta olmagandingiz...

Balaj Djudjak: - OCHL darajasi ham yuqori hisoblanadi. Ushbu musobaqada o'ynayotganimdan xursandman. O'tgan mavsumda o'zimiz kutgan natijani qayd eta olmadik. Nasib qilsa bu mavsumda guruhdan chiqib imkon qadar uzoqroqqa borishga urinamiz.


Narzulla Saydullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia