"Al Shabab" kubokda mag'lub bo'ldi, Aziz Haydarov 76 daqiqa o'ynadi

Narzulla Saydullayev
6 okt 2013, 14:31
BAAda "Amirliklar kubogi" musobaqasi davom etmoqda.
Hamyurtimiz Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al Shabab" klubi o'z maydonida "Al Nasr"ni qabul qilib 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Guruh tizimida bo'lib o'tayotgan musobaqada "Shabab" uchinchi o'yinda ikkinchi bor mag'lub bo'ldi.

Ushbu o'yinda Aziz Haydarov 76 daqiqa harakat qilib o'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatib bergan. Endi hamyurtimiz Toshkentga yetib keladi. Haydarov O'zbekiston - Vetnam uchrashuviga chaqiruv olgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia