"Al Sadd" Xavi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi

Alisher
4 may 2021, 11:01
Qatarning "Al Sadd" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xavi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishdi.

Ispaniyalik mutaxassisning shartnomasi mavsum so'nggida yakunlanadi.

"Al Sadd" Chempionlar Ligasida guruhdan chiqish imkonini bermaydigan ikkinchi o'rinni egallagan holda musobaqa bilan xayrlashdi.

Jamoa mamlakat ichidagi barcha musobaqalarda g'olib chiqdi - chempionat, Kubok, Superkubok va Amir Kubogi.

41 yoshli mutaxassis "Al Sadd"da 2015-2019 yillar davomida futbolchi sifatida o'ynagan va shundan so'ng jamoa bosh murabbiyiga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Al Kass TV