"Al Sadd" Toshkentga kelishdan oldin Qatar chempioniga aylandi

Narzulla Saydullayev
4 apr 2019, 22:59
Bugun Qatar Yulduzlar ligasida 21-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Peshqadam "Al Sadd" o'z maydonida "Al Ahli"ni qabul qilib, 7:2 hisobida g'alabaga erishdi.

Shu tariqa, "Al Sadd" chempionat tugashiga 1 tur qolganida mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rindagi "Al Duhayl" bilan o'rtadagi farq 7 ochkoga etdi.


Qatar Yulduzlar ligasi. MUSOBAQA JADVALI
"Al Sadd" - "Al Ahli" 7:2
Gollar:
Bunedja 6 penalti, 45+1, 81, Al Haydos 24, 75 penalti, Akram Afif 53, Jung Vu Yung 90+4 - Nayjel De Yong 71, Abdulrashid Umar 79.

Eslatib o'tamiz, 9 aprel kuni "Al Sadd" Osiyo chempionlar ligasi doirasida, Toshkentda "Paxtakor" klubi mehmoni bo'ladi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia