"Al Nassr" va Nike 2023/24 yilgi mavsum uchun shartnoma tuzishdi

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2023, 10:34
Nike sport kiyimlari brendi yangi mavsumdan Saudiya Arabistoni klubining ekipirovka homiysiga aylanadi.

Kelishuv iyul oyi oxirida "Al Nassr"ning Yaponiyaga safaridan boshlab kuchga kiradi. Ungacha klub Duneus liboslaridan foydalanishda davom etadi.

Hamkorlik muvaffaqiyatli bo'lsa va Krishtianu Ronaldu keyingi mavsumda klubda qolsa, Nike shartnomani uzaytiradi.

Nike Ronalduni 2003 yildan buyon qo'llab-quvvatlab keladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcalnassr.com